2018 yilgi jahon çempionatining saralaş bosqiçi 4-turida Gretsiya hamda Bosniya va Gertsegovina terma jamoalari örtasidagi uçraşuvda futbolçilar iştirokida kiçik mojaro yuz berdi.
Voqea 75-daqiqada bosniyaliklar hujumçisi Edin Jyeko raqib jamoa himoyaçisi Sokratis Papastatopulos bilan bahslaşa boşlaganda yuz berdi. Sokratis Jyekoni maydonga yiqitib, uning qölidan töpni olib qöymoqçi böldi. Edin bunga javoban raqibining şortigini pastga tortdi. Şundan keyin jamoalarning qolgan a'zolari ham mojaroga aralaşişdi. Oqibatda Jyeko ikkinçi sariq kartoçka olib, maydondan çetlatildi. Gretsiya himoyaçisi Kiriakos Papadopulos hakam qölidan kartoçkani yulib olmoqçi bölgani uçun qizil kartoçka bilan jazolanib, u ham öyindan çiqarib yuborildi.
Uçraşuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Asosiy vaqtda ortda qolayotgan greklar qöşimça vaqtning 5-daqiqasida kiritgan gollariga evaziga mağlubiyatdan qutulib qolişdi.
Manba: tribuna.uz











