Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2 million dollar pora bilan hibsga olingan mamlakat iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayevni operativ kuzatiş jarayonidan boxabar bölgan. Bu haqda, Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deya xabar bermoqda TASS agentligi.
«Albatta, prezidentga Ulyukayev qölga olingani haqida axborot berildi. Aslida, u operativ kuzatuv boşlanganidan bu haqda xabardor bölgan», — deya ta'kidlagan Peskov.
Avvalroq, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Aleksey Ulyukayevni bir yildan ortiq muddat mobaynida operativ kuzatgani xabar qilingan edi.
Kreml ma'muriyati matbuot kotibining sözlariga köra, vazirga nisbatan öta jiddiy ayblov haqida gap ketmoqda.
Sönggi ma'lumotlarga köra, Rossiya tergov qömitasi vakili Svetlana Petrenkoning ma'lum qilişiça, Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayevga nisbatan rasman ayblov e'lon qilingan.
«Ulyukayevga ta'magirlik bilan öta katta miqdorda pora olganlik aybi ilgari surildi», - degan Svetlana Petrenko.








