Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vazirligi Aleksey Ulyukayevning 2 mln dollar miqdorida pora oliş çoğida uşlanişi «kutilmagan va ğaroyib» yangilik bölgan.
Bu haqda, vazirlik matbuot kotibi Yelena Laşkina ma'lum qilgan, deb yozmoqda «Gazeta.Ru» sayti.
«Bu barçamiz uçun ğalati va ğaroyib yangilik, şu bilan birga jiddiy ayblov böldi. Albatta, uni jiddiy tekşiriş lozim», — deb qayd etgan Laşkina.
Avvalroq, Ulyukayevga ta'magirlik bilan katta miqdorda pora oliş böyiça ayblov e'lon qilingani xabar qilingan edi.








