AQŞ fuqarosi 1 million dollar miqdoridagi suğurta tölovini oliş maqsadida Qirğiziston janubida öz ölimi haqida soxta hujjatlar tayyorladi. Bu haqida Qirğiziston TIV xabar berdi. 

Ma'lumotlarga köra, Qöşma Ştatlar fuqarosi Qirğizistonning janubiy Öş viloyatida kompensatsiya oliş uçun öz ölimini "uyuştirgan". 

"U Qorasuv tumanidagi qabristonda soxta dafn marosimini taşkillaştirgan, hattoki qabr toşigaça örnatgan. Şundan söng uning qarindoşlari suğurta kompaniyasi va diplomatik vakolatxonalardan kompensatsiya talab qilib murojaat qilişgan", - deyiladi xabarda. Tovlamaçining qarindoşlari va döstlari respublikaga taşrif buyurgan Amerika suğurta kompaniyasi vakillariga "marhum"ning qabri va ma'lumotnomani körsatişgan. 

31 yoşli amerikalikning ismi şarifi oşkor qilinmadi, hozirça uni qölga olişning uddasidan çiqilmadi, u xalqaro qidiruvda. 

Manbaga köra, gumondor asli özbekistonlik bölib, ötgan ön yillikning boşidayoq doimiy yaşaş uçun AQŞga köçib ketgan. U registratsiya hujjatlaridagi yozuvlarni soxtalaştirib, ölim haqidagi guvohnomani olgan. Qirğiziston IIV xodimlarining taxminlariga köra, soxta hujjatlarni rasmiylaştirişda unga Öş viloyati şifoxonalaridan biridagi şifokor yordam bergan. 

"Xorij fuqarosiga nisbatan respublika jinoyat kodeksining "Soxta hujjatlar, davlat mukofotlari, muhrlarni tayyorlaş va soxtalaştiriş" moddasi böyiça jinoiy iş qözğatildi", - deyiladi IIV xabarida. Şuningdek, tovlamaçiga ölim haqidagi soxta guvohnomani olişga yordam bergan şifokor-patologoanatomga nisbatan ham jinoiy iş qözğatilganligi qöşimça qilindi.