Anqara Yevropa Ittifoqining kamsitiqça munosabatidan töydi, turk xalqi Bryussel bilan Yevropa Ittifoqiga kiriş böyiça muzokaralarning töxtatilişini talab qilmoqda, deb aytdi Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğlu.
Ötgan haftada Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Yevropa Ittifoqiga a'zo 28 ta davlat nomidan Turkiyadagi voqealar munosabati bilan jiddiy xavotir bildirdi. Gap avvalambor Turkiyada ölim jazosining tiklanişi mumkinligi, OAV va söz erkinligi çeklanişi hamda kurdlarni qöllab-quvvatlovçi Xalqlar demokratiyasi partiyasi a'zolarining hibsga olinişining muhokama qilinşi haqida ketmoqda. Yevropa Ittifoqining fikriça, Anqaraning özini tutişi uning Yevropa Ittifoqiga kirişini şubha ostiga qöymoqda.
"Yevropa davlatlarida Turkiya bilan uning Yevropa Ittifoqiga kirişi böyiça muloqotning bas qilinişi mavzusi faol muhokama qilinmoqda. Turkiya bunday munosabatga noloyiq. Şuning uçun biz Yevropa Ittifoqi bilan muloqotning davom ettirilişi masalasini referendumga olib çiqamiz, qarorni esa xalq qabul qilsin. Biz bunday kamsitiqça munosabatdan töydik. Biz Yevropa Ittifoqi bilan bu oğir davrni birgalikdagi qadamlar va özaro işonç muhiti şaroitidagina yenga olamiz", deb aytdi Mavlud Çovuşöğlu Germaniya taşqi işlar vaziri Frank-Valter Ştaynmayyer bilan Anqarada bergan matbuot-anjumanida.
Referendumning ötkazilişi ğoyasini Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan ham qöllab-quvvatlamoqda.
Çovuşöğlu şuningdek Turkiyada taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasi jangarilarining Yevropa böylab heç qanday tösiqlarsiz harakatlanişiga yöl qöyib bölmasligini aytdi. Uning aytişiça, Germaniyaning özida KIPning 4500 ga yaqin "şeriklari va terrorçilari" bor bölib, bugungi kungaça ulardan bor-yöği 3 nafarigina Turkiyaga topşirilgan.












