O‘zbekiston | 10:39 / 16.11.2016
5326
1 daqiqa o‘qiladi

Milliarder Steyyer Trampning iqlim masalasidagi siyosatiga qarshi kurashadi

© AP Photo/ Charles Krupa

Amerikalik milliarder Tom Steyyer AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning iqlim masalasidagi siyosatiga har qanday boyligini sarflab bo‘lsa ham kurashishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. 
“Reyter” agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Steyyer iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda 140 million dollardan ko‘p pul sarflagan va Tramp yanvar oyidan o‘z vazifasiga kirishganidan so‘ng ham, o‘z strategiyasini davom ettiradi. 
"Biz doim nima zarur bo‘lsa, shuni bajarishga tayyor bo‘lganmiz", — dedi Steyyer agentlik bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda. 
Steyyerning ta'kidlashicha,  u Tramp bilan sud jaryonida kurashish niyatida emas. 
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid