Zelenskiy bu haqda Kiyevda amerikalik öng faol Lora Lumerga bergan intervyusida gapirdi. Qariyb 44 daqiqa davom etgan suhbat videosi 24 iyul, juma kuni Lumerning X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida e’lon qilingan.
«Hozir rossiyaliklarda ham, bizda ham 3 ming kilometrdan ortiq masofaga uça oladigan dronlar bor. Yil oxiriga qadar 4 ming kilometr masofaga yetadigan dronlarga ega bölamiz. Kelasi yil esa ularning parvoz masofasi 5–10 ming kilometrga yetadi», - dedi Ukraina prezidenti.
Ukraina AQŞda dron işlab çiqariş zavodi qurmoqçi
Intervyu davomida Zelenskiy Ukraina AQŞ bilan uçuvçisiz uçiş apparatlarini işlab çiqariş böyiça kelişuv tuzişni rejalaştirayotganini ham ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Kiyev sinovdan ötkaziş uçun Vaşingtonga dengiz, havo va uzoq masofaga möljallangan dronlarini taqdim etgan. Ukraina va AQŞ örtasida uçuvçisiz apparatlar sohasidagi kelişuvlarning birinçi bosqiçi allaqaçon amalga oşirilgan, keyingi bosqiçga oid hujjat esa deyarli tayyor.
Zelenskiy Ukraina AQŞ hududida dron işlab çiqariş zavodi qurişni rejalaştirayotganini ham aytdi.
Uning ta’kidlaşiça, dronlarni oddiy qurol-yaroğ singari uzoq muddat omborlarda saqlab turiş samarali emas. Çunki jang maydonida uçuvçisiz apparatlarga oid texnologiyalar juda tez özgarmoqda.
«Biz işlab çiqariş liniyalarini yaratmoqçimiz. Çunki dronlar şunçaki omborlarda yotişi mumkin emas. Bu artilleriya yoki raketa emas. Jang maydonida dronlar har olti oyda, ba’zida esa har uç oyda özgarib boradi», - dedi Zelenskiy.
Ukraina Qurolli kuçlarida yangi qömondonlik taşkil etildi
10 iyul kuni Zelenskiy Ukraina Qurolli kuçlari tarkibida Rossiya hududidagi uzoq masofada joylaşgan ob’yektlarga ta’sir körsatişga qaratilgan maxsus qömondonlikni taşkil etiş töğrisidagi farmonni imzolagan.
Zelenskiyning bayonotlaridan kelib çiqib, yangi tuzilma Rossiya hududining Ukraina çegarasidan uzoqda joylaşgan ob’yektlariga dronlar bilan zarba beriş operatsiyalarini taşkil etiş bilan şuğullanişi kutilmoqda.
Ukraina prezidenti yangi qömondonlikni taşkil etiş zaruratini Rossiyaning harbiy salohiyatini kamaytiriş maqsadi bilan izohlagan.












