Taşrif Özbekistonning AQŞdagi elçixonasi tomonidan fuqarolarning Qöşma Ştatlarda qonuniy işga joylaşiş imkoniyatlarini kengaytiriş va H-2A mavsumiy qişloq xöjaligi vizalari dasturida iştirok etişini osonlaştiriş böyiça olib borilayotgan işlar doirasida taşkil etilmoqda.
Taşrif davomida Özbekiston fuqarolarini AQŞ qişloq xöjaligi sohasidagi mavsumiy işlarga jalb qiliş masalalari muhokama qilinadi. Şuningdek, Özbekiston tomoni va Head Honchos kompaniyasi örtasida hamkorlik memorandumini imzolaş rejalaştirilgan.
Memorandumda amerikalik iş beruvçilar talablariga mos kadrlarni tayyorlaş, nomzodlarni kasbga öqitiş hamda ularning H-2A vizasi asosida AQŞda qonuniy iş topiş imkoniyatlarini kengaytiriş közda tutilmoqda.
Amerika delegatsiyasi taşrif davomida Toşkent şahri, Buxoro va Farğona viloyatlarida ham böladi. Kompaniya vakillari uşbu hududlardagi qişloq xöjaligi korxonalari, fermer xöjaliklari va soha vakillari faoliyati bilan tanişişi rejalaştirilgan.
Elçixona ma’lumotiga köra, H-2A dasturi doirasidagi hamkorlik Özbekiston fuqarolarini AQŞda işga joylaştiriş tartiblarini takomillaştiriş, şuningdek, ular uçun xavfsiz va qonuniy mavsumiy mehnat imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.











