16 noyabrda Rossiya sobiq iqtisodiy rivojlaniş vaziri Aleksey Ulyukayevga uni uy qamoğida bölişi vaqtida kuzatişga imkon beruvçi elektron bilaguzuk (braslet) taqiladi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq Moskvaning Basman tuman sudi yirik miqdorda pora olişda uşlangan vazirni uy qamoğiga olişga qaror qilgandi. Rossiya tergov qömitasi ma'lumotlariga köra, sobiq vazir "Rosneft" kompaniyasiga "Başneft" kompaniyasi aksiyalarini sotib olişga imkon bergan ijobiy baho uçun 2 mln dollar pora olişda uşlangan.
"Sud körsatmasiga köra, Ulyukayev uy qamoği vaqtida kuzatişga imkon beradigan elektron bilaguzuk taqib yuradi. Çorşanba kuni mutaxassislar uning kvartirasida maxsus qurilma örnatişadi, şundan keyin unga bilaguzuk taqiladi", deb ma'lum qilindi huquq-tartibot muassasalarida.








