Tergov versiyasiga köra «Rosneft» rahbari Igor Seçindan 2 million dollar pora olganlikda  ayblanayotgan Rossiyaning sobiq vaziri işi böyiça sud suriştiruvi seşanba kuni yakunlandi. Neft kompaniyasi rahbarining özi jarayonda iştirok etişdan nafaqat boş tortdi — u sud çaqiruviga binoan 4 marta tergovga kelmadi, uning tergovda bergan körsatmalaridan davlat qoralovçisi ham sud ham dalil sifatida foydalana olmaydi.

 

21 kiloyu 950 gramm

Qöşimça dalillarni bayon qilişning sönggi bosqiçida davlat qoralovçisi Boris Neporojniy suddan Ulyukayev Seçindan qabul qilib olgan pul solingan sumkaning aniq vaznini biliş uçun tergov eksperimenti ötkazişni söradi. Buning uçun prokuror Rostest injyeneri Pavel Yakubovni maxsus taklif etdi.

Injyener 60 sm enlikdagi, 60 kilogrammgaça yuk vaznini ölçovçi tarozini olib kirib, xatoligi bor-yöği 30 gramm ekanligini aytgan. Tarozini tarmoqqa ulab, injyener u qizib olgunça 20 daqiqa kutiş kerakligini aytdi.

Neporojniy 100 dollarlik kupyuralardan iborat aşyoviy dalillar solingan qutini oçişni söraydi. Ularni ehtiyotkorlik bilan çarm sumkaga soladi va uni polda turgan taroziga qöyadi.

Injyener sumkaning oğirligi içidagi dollarlari bilan 21 kilogramm 950 gramm ekanligini aytadi. Şundan söng prokuror Ulyukayevga Seçindan şu sumkani qabul qilib olgani va nega uning içida vino bor deb öylagani xususida beradi.

Sumka şu edimi — boşqasimi, sudlanuvçi öşa payt qoronği bölganligi sababli aniq ayta olmasligini tuşuntirdi. Vino deb öylaganiga sabab — Seçin ungaça unga «hali heç qaçon tatib körmagan vino bilan mehmon qilişi»ni aytgani, şuningdek, sumkaning hajmi tufayli şunday qarorga kelgan ekan.

 

Seçinsiz

Sumkani tortiş jarayonidan söng prokuror Seçinning tergovdagi körsatmalarini e'lon qilişni söradi, biroq himoyalovçi bunga qarşi çiqdi — sud ham bunga ruxsat bermadi.

Himoyalovçilar esa, öz navbatida, qöşimçalar qöşiş bosqiçida Seçinni beşinçi marta sudga çaqirişni söraşdi, biroq bud buni ham rad etib, tomonlarni sudning yakunlovçi jarayoni — muzokaralarga kirişişga çorladi.

Bu bosqiçda Seçinning sudga çaqirişning imkoni yöq. Şunday qilib, uning körsatmalari sudda suriştirib körilmaganidan söng, na davlat qoralovçisi, na sudya asosiy guvoh körsatmalariga tayana olmaydi, dedi jurnalistlarga sudlanuvçining advokati.