Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy taraqqiyot vaziri lavozimidan ozod etiş borasidagi qarorga imzo çekdi. Bu haqda jurnalistlarga prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qilgan.
Avvalroq Moskva Basman tuman sudi ikki million dollar miqdorida pora olganlikda ayblanayotgan Aleksey Ulyukayevni tergov söroqlari ötkaziş maqsadida uy qamoği jazosiga hukm etgan edi. U bu jazoni 2017 yilning 15 noyabrigaça ötaşi ma'lum qilingan. Şuningdek, unga köçada sayr etiş, şifokor huzuriga boriş kabi işlar ham taqiqlangan.
Ulyukayev va uning vakillari bu jazo çoralarini yengillaştirişni söraşgan. Uning advokati esa mijoziga taqalayotgan aybga dalil-isbot yöqligini ma'lum qilgan.







