Rasmiy Anqara Kamol Okemni Isroildagi yangi favqulodda va muxtor elçisi sifatida tayinladi, deb bayonot berdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan. 

Isroil va Turkiya örtasidagi munosabatlar 2010 yilda taranglaşib, ikki tomon öz elçilarini çaqirib olgan edi. Bunga Isroil "kommandos"ining qamalda bölgan Ğazo sektoriga insonparvarlik yuklarini olib borayotgan "Ozodlik flotiliyasi" kemalari karvonini uşlagani va önlab turklarning halok bölgani sabab sifatida körsatiladi. 

"Biz Isroilga elçimizni tayinladik, u Kamol Okem böldi", — degan Erdöğan Anqara aeroportida Pokistonga parvozi oldidan. 

Yoz oylarida ikki davlat örtasida munosabatlarni yaxşilaşga doir kelişuvda özaro elçilar almaşinuvi ham qayd etilgan edi. 

Avvalroq, Eytan Naye Isroilning Turkiyadagi elçisi sifatida tayinlangani xabar qilingan edi.