Rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarşi kuraşiş Fondi RF iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayevning uşlanişi borasida öz qaraşini bildirdi. 

Navalnyyning hikoya qilişiça, KKF ikki yil avval Ulyukayevning ofşori borligini aniqlagan, biroq, öz suriştiruvi natijasini oşkor qilişni ortga surgan edi. 

“Rasman bu ofşor katta Ulyukayevga tegişli bölib, Aleksey Ulyukayev hozir 60 yoş bölsa, uning otasi 80dan oşgani aniq. Şunday ekan, uning qandaydir biznes yuritiş maqsadida Kiprda kompaniya oçganiga şubha qilaman. 

U 2011 yil 19 mayda röyxatdan ötgan. Öşanda, Ulyukayev RF Markaziy banki raisining birinçi örinbosari edi. Bu kompaniya faoliyat yuritmoqda. Biz firmaning uning nomiga rasmiylaştirilganini topmadik, ammo Ulyukayev şu yöl bilan xorijiy mulkini deklaratsiya qilişdan yaşirganini taxmin qilamiz”, - deb yozgan Aleksey Navalnyy.

Navalniyning fikriça, vazirni hibsga oliş sababi korrupsiyada emas, balki prezident Vladimir Putinning öz qurşovidagi amaldorlar tomonidan xiyonat qilinişi böyiça xavotir olayotgani bilan boğliq. Muxolif siyosatçining fikriça, federal darajadagi vazirning uşlanişi, Kremlning boşqa yaqinlariga berayotgan ogohlantirişidir. 

15 noyabr kuni Rossiya Tergov qömitasi Aleksey Ulyukayevga nisbatan mamlakat JK 290-moddasi 6-bandi (Rossiya Federatsiyasi davlat lavozimini egallagan şaxs tomonidan ta'magirlik bilan öta katta miqdorda pora oliş) böyiça ayblov e'lon qilgan edi.