DW xabariga köra, Sobyanin dronlar Moskva viloyatining aynan qaysi hududlarida yöq qilingani va ularning ehtimoliy nişonlari haqida maʼlumot bermagan.
«Rosaviatsiya»ning bildirişiça, 13-oktabr oqşomida Vnukovo, Domodedovo, Şeremetevo va Jukovskiy aeroportlarida samolyotlarni qabul qiliş va uçirişga vaqtinça çeklovlar kiritilgan.
TASS maʼlumotiga köra, Moskvaga uçayotgan 30 dan ortiq samolyot boşqa şaharlarga yönaltirilgan. Jumladan, Vnukovoga qönişi kerak bölgan 19 ta samolyot Nijniy Novgorod, Sankt-Peterburg, Minsk, Pskov va Istanbul aeroportlariga qöngan.
«Ostorojno, novosti» Telegram-kanali esa Pulkovo aeroporti maʼlumotlariga tayanib, Moskvaga yöl olgan 20 ta samolyot Sankt-Peterburgga yönaltirilganini xabar qilgan.
14-oktabrga ötar keçasi Volgograd, Nijniy Novgorod, Samara, Penza, Saratov va Yaroslavl aeroportlarida ham vaqtinça çeklovlar joriy etilgan.
«Pobeda» aviakompaniyasi Moskva aviauzeli va Volgaböyi aeroportlaridagi uzoq davom etgan çeklovlar sababli parvozlar jadvaliga özgartirişlar kiritilganini maʼlum qilgan.
Ayni paytda Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin Balakovo şahrida dron hujumi oqibatida bir neçta turar joyga zarar yetganini bildirgan. Uning dastlabki maʼlumotiga köra, bir kişi halok bölgan. Hodisa joyida tezkor xizmatlar işlamoqda.
Stavropol ölkasi rahbari Vladimir Vladimirov esa Nevinnomissk şahri sanoat hududi tomon yönalgan dronlar hujumi havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan qaytarilganini aytgan. U qaysi sanoat obyektlari nişonga olingan bölişi mumkinligiga aniqlik kiritmagan.












