Özbekiston terma jamoasining 2018 yilgi Jahon çempionati saralaşidagi muhim öyinda Janubiy Koreya terma jamoasidan yengilişi rezonans keltirib çiqarmoqda. «Tribuna.uz» sayti blogeri bu öyinni tahlil qilib, ikki terma jamoa murabbiylarining harakatlarini baholadi.
«Öyinga aniq reja asosida tuşamiz». Bu gapni Samvel Babayan Janubiy Koreya terma jamoasiga qarşi öyin oldidan aytib ötgandi. Umuman aniq rejaning qanday ekanini biliş uçun amerika oçiş şart emasdi. Özbekiston eplaganiça bor e'tiborini himoyaga qaratadi. Öxşab qolsa qarşi hujumda omadini izlab köradi.
Seuldagi öyin ssenariysi boşida Babayan öylaganidek keçdi. Uning şogirdlari bor e'tiborini himoyaga qaratdi. Yaratilgan birgina vaziyatdan unumli foydalandi. Barçasi umid qilinganidek (kutilganidek deyiş Koreyaga nisbatan hurmatsizlik bölsa kerak, har xolda). Futbol tarixini titkilasak köp-a xuddi şunaqa futbol bilan ham ğalaba qozonib ketgan jamoalar. Butun Yevro-2004ni şunaqa tarzda ötkazgan Rexxagelning Gretsiya terma jamoasi, «Nou Kamp»da fantastikani real hayotga aylantira olgan Qurbon Berdiyevning «Rubin»i. Mourino va «Inter» (albatta!). Bu örinda «jabrdiyda» rolini öynagan öşa jamoalarni Janubiy Koreyaga tenglaştiriş balki unçalik ham töğri emasdir, lekin öyin davomida terma jamoamiz körsatgan futbol qaysidir ma'noda öşa yuqorida sanagan qahramonlarning öşa ğalabalariga asos bölgan taktikasiga öxşab ketardi (keling, ikkala tomon saviyasini şu nisbatda bölib köramiz). Marat Bikmayev gol urganidan keyin, «nimaga Koreyani mehmonda yutmasligimiz kerak ekan» degan öy sizda ham ötgani rost töğrimi? Öşa Babayanning aniq rejasi bilan ham natijaga umid qilişga töliq haqqimiz bor edi. Lekin baribir biz «Rubin» emasligimiz, Babayan esa Qurbon Berdiyev emasligi körinib qoldi. Xöş qaysi sabablar bizga öşa umidlarimiz amalga oşişiga tösqinlik qildi? Fikrlarimni sanab ötişga harakat qilaman.
«Kvadrat»dagi «ovçi»
Futbol maşğulotining eng taniqli öyinlaridan biri «kvadrat»da eng köp kuçni kim sarflaydi? Albatta örtaga tuşvolib töpni ovlaşga urinayotgan ta'qibçi. Odatda töpni egallab turgan jamoa (guruh) deyarli harakatlanmaydi va jismoniy jihatdan toliqmaydi. Oddiy özimizning jismoniy tarbiya arifmetikasi. Öyinning boşidanoq Janubiy Koreya töpni total ustunlik bilan nazorat qilişi körinib qoldi. Özbekiston terma jamoasi esa töpsiz harakatlanişi kerak edi. Töpsiz harakat degani xuddi öşa kvadrat öyinidagi «ovçi»ning işini takrorlaş kerakligini bildirardi. Butun jamoaning 90 daqiqaning asosiy qismiini töpsiz harakat bilan ötkazişi uçun juda katta kuç talab qilinadi. Umuman bunaqa futbolda qanday qilib kuçni töğri taqsimlay oliş mumkinligi biliş uçun balki Diyego Simeone böliş kerakdir, balki. Özbekiston esa bu örinda «Atletiko» ham, «Rubin» ham emasdi. Deyarli yarim tarkibi sekinlaştirib körsatilayotgan futbolga öxşab ketadigan Oliy ligada töp suradigan jamoaning jismoniy holati 90 daqiqa mobaynida töpsiz harakat qiladigan jamoaning kerakligi natijaga erişişiga yetmasdi. Birinçi bölimning qaysidir qismida buni tuşungan terma jamoamiz töpni nazorat qilişga harakat qildi. Faqat qaysidir qismida. Böldi.








