Acura kompaniyasi Los-Anjyelesdagi avtosalonda kelajak avtomobilining intererini namoyiş etdi. NSX gibrid superkari saloni bazasida qurilgan prototip Acura Precision Cockpit nomini oldi. Bu haqida Motor naşrida xabar berildi. 

Acura konsepsiyasi avtomobil salonida ikkita displeydan foydalanişni közda tutadi. 12,3 dyuymli ekran jihozlar paneli örnini bosadi, hajmi körsatilmagan ikkinçi displey esa, markaziy konsolning yuqori qismida joylaşadi va multimedia funksiyalari uçun mas'ul böladi. 

Acura avtonom rejimini faollaştiriş vaqtida yöldagi vaziyatlar translyatsiyasi uçun ham raqamli jihozlar panelini qöllaşni taklif etadi. Masalan, ekranda avtomobilda örnatilgan datçiklar yordamida şakllanuvçi maşina atrofining 3D-modeli aks etişi mumkin. 

Acura Precision Cockpit'da multimedia tizimini boşqariş old örindiqlar örtasida örnatilgan taçpad orqali amalga oşiriladi. Bu qurilma şunday joylanganki, haydovçi taçpadning muayyan bir qismini barmoq bilan bosib, u yoki bu funksiyani tanlaşi mumkin böladi. Masalan, sensor panelning quyi qismini bosib, eng köp qöllanadigan funksiyalarni tanlaydi. 

Bundan taşqari, yapon avto işlab çiqaruvçisi Acura Precision Cockpit'da avtomobilning köngiloçar majmualari uçun yangi operatsion tizimni namoyiş qildi. U haqida hozirça faqat Android'ga asoslanganligi va  Acura'ning kelajakdagi seriyali avtomobillarida paydo bölişigina ma'lum.