Faoliyatini yakunlagan amerikalik afsonaviy boksçi — kiçik Floyd Meyvezer Makgregor bilan jang qiliş uçungina ringga qaytmoqçi emas.

U aralaş janglar san'ati vakili, şu sport turida 2 vazn toifasida çempion bölgan yakkakuraşçi Konor Makgregorning özi bilan jang qiliş istagiga munosabatini bildirib ötdi.

"Men filman. Nega endi Makgregor kabi bir çumoli bilan jang qilişim kerak? Men umuman, uning janglariga e'tibor qarataganim ham yöq. Agar siz  Makgregorni öz sport turidagi Meyvezer deb bilsangiz, men bunga umuman tuşunmayman. Siz uni men bilan tenglaştirib, menga hurmatsizlik qilayotgan bölasiz.  Fil juda ulkan, u çumolini payqamay qoladi", – degan Meyvezer.

Bir neça kun oldin Konor Makgregor Eddi Alvaresni yengib, 2 vazn toifasida UFC kamariga egalik qila boşladi.

1 yildan buyon Konor Makgregor va Floyd Meyvezer örtasida boks jangi ötkazilişi böyiça takliflar berib kelinmoqda.

Makgregor Alvares ustidan ğalaba qozonganidan keyin faoliyatida tanaffus qilişini bildirgandi.

Ma'lumot uçun, 2015 yilda faoliyatini yakunlagan sobiq sportçi professional ringda 49 ta jang ötkazib, barçasida (26 tasida nokaut bilan) ğalaba qozongan. Şuningdek, kiçik Floyd Meyvezer Atlanta–1996 Olimpiadasining bronza medali sohibi sanaladi.