AQŞning geologik xizmati (USGS) Texasda perm davri havzasida AQŞning butun tarixi davomidagi eng yirik neft va gaz konini aniqladi. Bu haqda xizmat xabarida ma'lum qilingan.  

Xizmatning baholaşiça, konda 20 mlrd barrel neft, 16 trln kub metr tabiiy gaz va 1,6 mlrd barrel gaz kondensati mavjud.

Bu zaxiralar 2013 yilda topilgan Bakken-Three Forks konidagidan 3 barobar katta. Bu esa konni mamlakat tarixidagi eng yirigiga aylantiradi.

"Bu kon biz körgan eng yirik neft koni bölib, u milliardlab barrel neft olingan hududlarda yana bir neça milliardlab neft olişga salohiyat borligini körsatadi", deb aytdi USGS’ning energetika zaxiralari dasturi koordinatori Uolter Gidroş.