Oksford luğati post-truth sözini yil sözi sifatida e'tirof etdi, bu söz inglizçadan tarjima qilinganda "keyingi haqiqat" deganini anglatadi. Bu haqda Oxford University Press naşri xabar bermoqda.
Oksford luğatiga köra, bu söz "jamoatçilik fikrini şakllantirişda obektiv faktlar his-tuyğular va şaxsiy fikrlarga çorlaşda kamroq muhimroq böladigan vaziyatlarni ta'riflaydi yoki belgilaydi". Oxford University Press’ning ta'kidlaşiça, "keyingi haqiqat ğoyasi" oxirgi ön yil içida mavjud bölsada, biroq luğat mualliflari bu sözga iyunda ötgan Brexit böyiça referendum va noyabrda ötgan AQŞ prezidentligi saylovlaridan keyin qiziqiş avj olganini payqaganlar.
Luğat tuzuvçilarining aytişiça, "keyingi haqiqat" sözi 1992 yilda Fors körfazidagi ixtilof haqida yozgan, serb-amerika dramaturgi Stiv Tesiçning matnida özining zamonaviy ma'nosida birinçi marta qöllangan.
2016 yilning sözlariga da'vogar sözlar orasida, şuningdek, "breksiter" (Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan çiqişini yoqlovçi odam), "uyğongan" (jamiyatdagi nohaqlik haqida ogohlantiriş) va daniyaliklar tilidan olingan "xyugge" ("naqadar yoqimtoy") sözlari bölgan.
2015 yilda Oksford luğati yil emodzisi sifatida 😂 belgisini e'tirof etgandi. Bu belgi rasman "quvonç yoşlari oqayotgan yuz" deb atalgan. Luğat emodzini elektron aloqa vositalarida ğoya yoki his-tuyğuni ifodalaş uçun qöllanadigan kiçik raqamli tasvir yoki ikonka sifatida ta'riflaydi. Bu söz yaponça 絵 — surat va 文字 — belgi sözidan tuzilgan.












