Oksford luğati toxic (zaharli) sözini 2018 yilning “yil sözi” deb e'lon qildi. Ta'kidlanişiça, uşbu söz ingliz tilida XVII asr örtalarida paydo bölgan.
Luğat mualliflarining ta'kidlaşiça, uşbu sözga qiziqiş joriy yilda ança oşgan. Bu sözning ma'nosi keltirilgan sahifani köriş soni 45 foizga köpaygan. Uşbu söz “zaharli kimyoviy moddalar” , “zaharli maskulinlik” va “zaharli modda” iboralarida köproq qöllangan.
Mutaxassislarning fikriça, “zaharli kimyoviy moddalar” va “zaharli modda” iboralariga qiziqiş Buyuk Britaniyada GRUning sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi zaharlangandan keyin oşgan. “Zaharli maskulinlik” iborasi esa jinsiy tegajoğliklar bilan boğlangan bölib, bu bilan boğliq bir neçta mojarolardan keyin dolzarb iboraga aylangan. Bundan taşqari, bu iboraning ommaviylaşişiga jinsiy tegajoğliklarga qarşi #MeToo harakati sababçi bölgan.
2017 yilda luğat “yoşlar isyoni” (youthquake) sözini yil sözi deb e'lon qilgandi.
Bundan avvalroq Collins Dictionary luğati noşirlari 2018 yilning boş sözi sifatida “single-use” – “bir martalik” iborasini tanlaşgandi.











