Xitoyning Baidu kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan muqobil boşqaruv tizimiga ega avtomobillari birinçi marta yölovçilarni taşiş işlarini amalga oşirdi. Baidu Google kompaniyasining Xitoydagi analogi hisoblanadi. Vuçjyen şahrida maxsus 3,12 kilometrlik yönaliş böyiça qatnovçi avtomobillarda şu paytga qadar 200ga yaqin yölovçi taşilgan, deb xabar qilmoqda TechCrunch.

Baidu tomonidan işlab çiqilgan muqobil boşqaruv tizimlari bilan BYD, Chery va BAIC kompaniyalari avtomobillari jihozlandi. Muqobil boşqaruv tartibiga ötiş uçun uzoqni köra oluvçi Velodyne optik qurilmasi, kameralar, radarlar va axborotlarni yiğiş hamda qayta işlaş bilan şuğulullanuvçi kompyuter örnatilgan. 

Baidu avtomobillari qatorni özgartiriş, sekin harakatlanayotgan transport vositalarini quvib ötiş hamda qayrilib olişning uddasidan çiqadi. Yölovçilarni taşiş çoğida rul yonida haydovçilar ötirgan va ular kutilmagan holatlarda boşqaruvni zimmalariga olişi talab etilgan. 

Avvalroq, Baidu kompaniya muqobil boşqaruvga ega avtomobillarini Kaliforniya ştati köçalarida sinovdan ötkaziş uçun ruxsat olgani xabar qilingan edi.