Leonardus Verkanuteren oxirgi olti oy içida butun dunyodagi uruşlarga e'tibor qaratiş uçun Yevropa böylab sayr qildi. U öz sayohatini 23 may kuni Belgiyaning Nivport şahridan boşlab, Gallipoli yarim oroligaça (Turkiya) 3900 kilometr yöl bosib ötdi. Bu haqida Daily Sabah naşri xabar berdi. 

Hamma joyda uni nufuzli amaldorlar kutib olişdi. Verkaunteren öz sayohati davomida köp sovğalar yiğdi. 

U turk xalqining mehmondorçiligini alohida ta'kidlab ötdi va sayohati sababini izohladi. 

"Men YUNISEFning askar-bolalar, qaşşoqlikda kun keçirayotgan bolalar, bemorlar, masalalari böyiça kampaniyasini qöllab-quvvatlaş maqsadida Birinçi jahon uruşining front liniyalari böylab harakatlandim", - deydi u. 

Leonardus Fransiya, Italiya, Sloveniya, Xorvatiya, Albaniya, Makedoniya va Gretsiyada böldi. 

"Men köplab harbiy memoriallar va qabristonlarni kördim. Bu loyiha davomida şunça odam bilan uçraşganimdan xursandman. Ayniqsa, Turkiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya menda özgaça taassurot qoldirdi. Hozir bizga uruş emas, tinçlik kerak", - deydi u.