AQŞ prezidenti Barak Obama, öz vakolati tugagunça Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudenni afv etişi mumkinligi borasida öz fikrlarini bildirdi. Bu haqda Spiegel naşri yozmoqda.

Amerika davlat rahbarining sözlariga köra, u sud oldida javob bermagan kişini afv eta olmaydi. 

Obamaning qayd etişiça, agar Snouden Amerika sudi oldida javob berişga qaror qilsa va uning advokatlari öz dalillarini ilgari sursa, öşandagina «bu masalalar ahamiyat kasb etadi».

Eslatib ötamiz, AQŞ MXAning pudratçi xodimi Edvard Snouden millionlab maxfiy ma'lumotlarni öğirlab, uni jahonning obröli OAVlariga topşirgan. U Hongkong aeroporti Amerika maxsus kuçlari ta'qibidan qoçgan va 2014 yilda Rossiyadan siyosiy boşpana söragan edi.