iPhone 7 va iPhone 7 Plus foydalanuvçilari smartfonlarda sensor qilib işlangan yangi Home tugmasi mört materialdan tayyorlangani va juda köp sinişiga e'tibor qaratişdi. Bu haqda AppleInsider xabar bermoqda. 

iPhone foydalanuvçilari şuningdek singan tugma köproq energiya iste'mol qilişi va smartfonni tezroq quvvatsizlantirişidan şikoyat qilganlar. Bundan taşqari, tugma ba'zida qölni kuydirayozgudek darajada qizib ketadi.

Ayni vaqtda servis markazlarida bu muammo smartfonning özini almaştiriş bilangina hal qilinmoqda. Mutaxassislar uşbu tugma bilan muammolar borgan sari köproq yuz berayotganini tasdiqladilar.