Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan 17 noyabr kuni Özbekistonga taşrif buyurdi. Taşrifning asosiy tadbirlari 18 noyabr kuni bölib ötdi. Öşa kuni Turkiya prezidenti Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qildi. 

Şundan söng, Özbekiston hukumati rahbari, Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv ötkazdi. Ma'lumotlarga köra, siyosatçilarning prezident qarorgohida yuzma-yuz muloqoti 2 soatu 40 daqiqa davom etgan.

Turkiya prezidentiga safar davomida boş vazir örinbosarlari Veysi Kaynak va Turğul Turkeş, taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli, iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekçi hamda energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Albayrak hamrohlik qildi.

Prezident Özbekistonga taşrifi davomida Samarqand şahrining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi. Rajab Erdöğan ziyorat davomida Imom al-Buxoriy va Imom Moturidiy majmualarida, şuningdek, Registon maydoni, Uluğbek, Şerdor va Tilla-qori madrasalari hamda Göri-Amir maqbarasini ziyorat qildi.
Rajab Toyiib Erdöğan şu kunning özida Turkiyaga uçib ketdi.

Quyida uning taşrifiga bağişlangan maxsus fotoreportaj havola etiladi.