Milliy musiqa sanatimiz rivojiga özining ulkan hissasini qöşgan Özbekiston xalq Hofizi, “Döstlik” ordeni sohibi Ismoiljon Vahobov olamdan ötdi.
Ismoiljon Vahobov 1949 yil 19 yanvarda Andijon viloyatining Çinobod şaharçasida tavallud topgan. 1967 yilda Toşkent Davlat Konservatoriyasiga öqişga kirib, 1975 yilda y ukasi Isroiljon bilan birgalikda Yunus Rajabiy nomidagi maqomçilar ansamblida işlay boşladi. U jörovozlikda, mumtoz maqomlar, zamonaviy qöşiqlar, şarq xalqlarining ijro namunalarini kuylab, Özbekiston radiosi fonotekasi uçun magnit tasmalarga yozib qoldirişdek xayrli işlarni amalga oşirdi.
Özbekiston xalq artisti, akademik Yunus Rajabiydan milliy mumtoz musiqa janri hisoblanmiş maqom sirlarini örgandi. Hofizlik uslublari, an'anaviy ijroçilikning sir-asrorlarini, şuningdek, “Şaşmaqom”da çalinadigan doira usullarini mukammal örgandi. Şu bois, Ismoiljon qölida doira jörligida eng murakkab maqom şohobçalarini çalib, ham kuylay oladigan “lahnpardoz muğanniy” rutbasiga ega bölgan mohir, jörovoz hofizdir. U Isroiljon bilan birgalikda san'atimizning buyuk darğalari, Fattohxon Mamadaliyev, Orif hoji Alimaxsumov, Fahriddin Sodiqov, Kommuna Ismoilova, Turğun Alimatov kabi ustozlardan örnak oldi va ulardan mumtoz navolarimizning sirini örgandi.

Özbekiston Respublikasining birinçi Prezidenti I.A.Karimovning farmoniga muvofiq 1999 yil 25 avgustda Ismoiljon Vahobovga “Özbekiston xalq Hofizi”, 2016 yilda esa Özbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Döstlik ordeniga sazovor bölgan edi. Marhumni 19 noyabr kuni Toşkent şahridagi «Bolta mozori»ga dafn etişdi.
Taziya munosabati bilan Kun.uz sayti barça özbekistonliklar nomidan marhumning oila azolariga hamdardlik bildiradi.










