Doğistonning Kizlyar şahrida yaşovçi Bilol Abdulholiq Rossiyaning eng yaxşi Qur'on hofizi deb topildi. Hofiz Eronda bölib ötadigan Qur'on hofizlarining xalqaro tanloviga boriş bilan mukofotlandi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Bilol Abdulholiq Qur'onning barça 30 porasini yoddan ifodali va grammatik jihatdan töğri aytib berdi. U bunday tanlovlarda birinçi marta iştirok etmayapti hamda Rossiya va xalqaro darajada sovrindor bölgan", deb ma'lum qildi tanlov taşkiliy qömitasi. Tadbir Sankt-Peterburgdagi musulmon madaniyati kunlari doirasida ötdi.
2-örinni moskvalik Oyatulloh Zarifiy, 3-örinni peterburglik Imom Rabboniy egalladi. Ular tanlovning 2-yönalişi (Qur'on oyatlarini ifodali öqiş) ğoliblari sifatida pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Avvalroq tanlovda Soçi, Moskva, Sankt-Peterburg, Ryazan, Ufa, Grozniy, Qozon, Derbent, Mahaçqal'adan 23 kişi iştirok etayotgani ma'lum qilingandi.
Tanlov Rossiyada uçinçi marta ötkazildi.











