Bobomurod Hamdamov 1940 yil Turkmanistonning Çorjöy şahrida tuğilgan. Özbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq artisti. Özbek san’atining klassik hofizi va ustozi, «Döstlik» ordeni sohibi.

Bobomurod Hamdamov asosan 4 tilda: özbek, turkman, tojik va hind tilida xalq qöşiqlarini ijro etgan. Örta maktabni tugatgandan keyin kötarma krançilar tayyorlaydigan qisqa kursni bitirib, qurilişga işga kirgan. Ammo qöşiq aytişni yaxşi körgani uçun dastlab hindça qöşiqlar aytgan, Komiljon Otaniyozovning Toşvouzdagi ansamblida işlagan.

Bobomurod Hamdamov özbek milliy qöşiqçilik san’atining rivojlanişida salmoqli hissa qöşib, bir neçta ölmas asarlar yaratdi va tomoşabinlar olqişiga sazovor böldi. Ayniqsa uning «Sulton Jaloliddin», «Kim ekan», «Devona»,  «Galdimu»,  «Qörqdim» kabi qöşiqlari keng ommalaşib, xalq qalbida munosib örin egalladi.

Bobomurod Hamdamov buyuk hofiz Komiljon Otaniyozovning munosib izdoşi edi. Uning qöşiqlari va ijodi özbek san’atining «oltin fondi» ga kiritilgan.