FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionati formatiga kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar haqida gapirdi.

«Saralab olingan 16ta terma jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichiga chiqadi. 64 terma jamoa musobaqa boshlanishiga 1 hafta qolganida mezbon mamlakatda o‘tkaziladigan pley-off saralashida ishtirok etish orqali turnirda qatnashadigan 32 jamoa nomi aniqlanadi.

Bu holatda pley-offning yagona o‘yinida har qanday hodisa ro‘y berishi mumkin. Masalan, Italiya yoki Ispaniya yutqazib, JCh musobaqasidan chetda qolishi ham mumkin. Keling, oldindan bashorat qilmaylik.

Jahon chempionati – ijtimoiy ahamiyatga molik turnir. U mamlakatlarni o‘zgartiradi, odamlarga quvonch ulashadi. Bunday o‘zgarishlar keyingi rivojlanishlar uchun turtki bo‘lishi mumkin», deya Infantinoning so‘zlarini keltiradi Goal.com.