FIFA prezidenti Janni Infantino xalqaro futbol musobaqalarini qisman xususiy investorlarga beriş rejasi atrofidagi bahslarga qaramay, öz lavozimini saqlab qoldi. Bu qaror 5-avgust kuni Marokaş poytaxti Rabot şahrida bölib ötgan FIFA boşqaruvining favqulodda yiğilişida qabul qilindi.
Yiğiliş yakunlari böyiça tarqatilgan bayonotda FIFA boş kotibi Mattias Grafstryom hamda boşqaruv a’zolari Infantinoga töliq qöllab-quvvatlaş bildirgani qayd etildi. Şuningdek, taşkilot ötgan voqeadan tegişli xulosa çiqarişi va içki jarayonlarni yanada takomillaştirişi ta’kidlandi.
FIFA barça milliy va mintaqaviy futbol uyuşmalariga yuborilgan rasmiy maktubda bahsli reja bilan boğliq xatolar uçun «samimiy uzr» sörab, kelajakda bunday holatlarga yöl qöymaslikka va’da bergan.
Mazkur mojaro Janni Infantinoning jahon çempionati va boşqa xalqaro musobaqalarning tijorat huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotiş rejasini ilgari surganidan keyin boşlangan. Ommaviy axborot vositalarida uşbu investorlar orasida AQŞ prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kuşnerning qarindoşlari ham bölişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Infantino esa bu taşabbus milliy futbol uyuşmalari daromadini tört baravarga oşirişini ta’kidlagan.
Biroq UYeFA mazkur rejani keskin tanqid qildi. Yevropa futbol uyuşmalari ittifoqi FIFA rahbariyatini «yaşirin sxemalar»da ayblab, aybdorlarni javobgarlikka tortişga çaqirdi. Taşkilot, şuningdek, Infantino özining saylovoldi va’dalarini, xususan, boşqaruv şaffofligini ta’minlaş böyiça majburiyatlarini bajarmaganini bildirdi.
30-iyul kuni UYeFAga a’zo bölgan 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi Infantino rejasini amalga oşirgan taqdirda FIFA musobaqalarini boykot qilişga tayyorligini ma’lum qildi. Keyinçalik Şimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) ham Yevropa tomonining tanqidlarini qöllab-quvvatladi.
Şundan söng, 1-avgust kuni Janni Infantino FIFA xalqaro turnirlarni qisman xususiylaştiriş rejasidan voz keçayotganini e’lon qildi. Uning sözlariga köra, taşkilot barça tomonlarning fikrini tinglaganidan keyin uşbu loyiha futbol hamjamiyatida kutilganidan köra köproq kelişmovçilikka sabab bölganini tan olgan.












