AQŞ prezidenti Donald Tramp Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) biror sababga köra taşkilot rahbari Janni Infantinoni almaştiriş haqida öylasa, “dahşatli xatoga yöl qöyişini” ma’lum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozib qoldirdi.
Trampning fikriça, FIFA rahbari tarixda “eng muvaffaqiyatli jahon çempionatini” ötkazdi va agar u lavozimidan ketsa, jahon çempionatlari heç qaçon bunçalik daromadli bölmaydi.
Iyul oyi oxirida Infantinoning jahon çempionatidagi uluşlarni xususiy investorlarga sotişga qaror qilgani ma’lum böldi. Huquqlarning taxminan 20 foizini Donald Trampning kuyovi Jared Kuşnerning ukasi Joşua Kuşner boşçiligidagi xususiy investorlar guruhi olişi kutilgandi.
Bu ğoya dunyo milliy futbol federatsiyalarining keskin tanqidiga sabab böldi. Ular agar uluşni sotiş töğrisida qaror qabul qilinsa, jahon çempionatlarini boykot etiş bilan tahdid qildi. Şundan söng FIFA jahon çempionatidagi uluşlarni xususiy investorlarga sotiş rejalaridan voz keçganini e’lon qildi, Infantinoning özi esa uzr söradi.













