Twitter asosçilaridan biri Jyek Dorsi 19 noyabrda 40 yoşga töladi. Mikrobloglar xizmati hamasosçisi bölgan Dorsi köp marotaba Apple "otasi" Stiv Jobsga qiyoslangan. Dorsi Twitter’ni u yaratilgan ilk bosqiçlarda boşqarib kelgan, biroq söngra uni tark etişga majbur bölgan. Dorsi 2015 yilda yana xizmatni boşqarişga qaytgan.
Dorsi şuningdek smartfon yordamida bank plastik kartalaridan pul mablağlarini yeçuvçi tizim Square bilan şuğullanadi.
Hozirda Twitter eng yaxşi kunlarini boşdan keçirmayotgan bölsa-da, yoş iste'dodli tadbirkor Dorsining taqdiri haqida xavotirlanmasa ham böladi.
Twitter hamasosçisi va rahbari Jyek Dorsi, 2012 yil

Twitter hamasosçisi va rahbari Jyek Dorsi, 2012 yil

Jyek Dorsi, 2010 yil

Dorsi Oq uyda AQŞ prezidenti Barak Obama qabulida, 2011 yil

Dorsi va kinoaktyor Eşton Katçer Moskvadagi matbuot-anjumanida, 2010 yil

Dorsi Square kompaniyasi hamasosçisi Jim Makkelvi va NYSE prezidenti Tom Farlidan Square Inc. kompaniyasi aksiyalarining birjaga ilk bor çiqarilişi munosabati bilan tabriklar olmoqda, 2015 yil









