Yaponiyaning Dentsu reklama agentligi xodimlaridan birining öz joniga qasd qilişi tufayli kompaniya 1951 yilda örnatilgan tamoyillarini qayta körib çiqişga qaror qildi. Ulardan biri hattoki ölgunça işlaşni közda tutadi. Bloomberg şu haqida xabar berdi.
Gap 1951 yilda Dentsu kompaniyasining törtinçi prezidenti tomonidan yozib ketilgan 10 iş tamoyili haqida bormoqda. Şu tamoyillar uzoq yillar mobaynida barça xodimlar uçun asosiy qoida bölib kelgan.
10 tamoyildan biri hattoki sönggi nafasga qadar işlaşni közda tutadi. "Işga kirişdingizmi, uni taşlamang. Hattoki sizni öldirayotgan bölişsa ham, maqsadga erişmagunça töxtamang", - mahalliy naşrlardan biri hisoblangan The Asahi Shimbun uşbu tamoyil tarjimasini şu tarzda havola etgan.
Kompaniyadan ma'lum qilişlariça, 2016 yilning dekabr oyida Dentsu öz tamoyillarini qayta körib çiqadi.
Noyabr oyi boşida kompaniyaga nisbatan tergov işi qözğatilgan. Bunga 2015 yilda 24 yoşli xodim Matsuri Takaxasining haddan ziyod işdan çarçaganligi tufayli öz joniga qasd qilişi sabab bölgan. Tergov davomida ma'lum bölişiça, qiz ba'zan bir oyda 105 soatgaça rejadan taşqari işlaşiga töğri kelgan.
Dentsu'da içki tekşiruvlar ötkazilmoqda. 2016 yilning noyabridan kompaniya qonunçilik tomonidan belgilangan iş soatlarini rasman kamaytirdi.













