«Xelsingborg» jamoasi boş murabbiyi Xenrik Larsson  «Xalmstad»ga qarşi pley-off uçraşuvidagi 1:2 hisobidagi mağlubiyatdan keyin jamoasi quyi ligaga tuşib ketişi bilan boğliq voqeaga munosabatini bildirib ötdi.

Uçraşuv yakunlanişi bilanoq «Xelsingborg» muxlislaridan bir guruhi maydonga tuşib keldi va boş murabbiyning 19 yoşli öğli Jordan Larssonni örab olib, uning ustidagi futbolkani yeçib olişdi.

«Men ular Jordanga hujum qilayotganini körmay qoldim. Agar vaqtida körganimda vaziyatga ertaroq aralaşib, örtada turgan bölardim. Men qörqmayman. Agar ularning menda gapi bölsa, mening oldimga keliş kerak edi. Ular öğlimga qilgan munosabatlari bilan meni yerga urişdi.

Hozir Xelsingborgdaman, Jordanni köçaga yolğiz çiqarmayman. Agar muxlislar uyimga kelmoqçi bölişsa, ularni köplab itlar kutib oladi», – degan Larsson.

Jamoasini oliy divizionda olib qola olmagan Henrik Larssonni muxlislar antiqa usulda jazolaşdi