Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi taşkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Limada bölib ötgan sammit yuzasidan yakuniy deklaratsiyani qabul qilişdi. Hujjat matni anjuman saytida e'lon qilingan.
Unda moliyaviy va inson zaxiralaridan samarali foydalaniş, erkin savdoni rivojlantiriş, işbilarmonlik muhitini yaxşilaş, odamlar turmuş darajasini oşiriş kabi jahon iqtisodiyotining asosiy masalalari yuzasidan fikrlar bildirilgan.
Hujjatda, jumladan, jahon iqtisodiyoti sönggi 8 yilda tiklanayotgani, ammo tobora jiddiy çaqiriqlarga duç kelayotgani ta'kidlanadi.
OTIH yetakçilari, şuningdek, raqobatbardoşlikni kuçaytiriş maqsadida valyutalarni qadrsizlantiriş va sun'iy ta'sir körsatiş bilan ularning almaşuv kurslarini özgartirmaslik hamda proteksionizmning har qanday körinişiga qarşi kuraşişga kelişib olişgan.
Yakuniy deklaratsiyada Osiyo-Tinç okeani erkin savdo hududini barpo etiş ğoyasi OTIH kun tartibini hayotga tatbiq etiş ekani xususida söz borgan. Unda iştirokçi tomonlar mustaqil ravişda iqtisodiy islohotlar ötkaziş, istiqbolli mintaqaviy savdo kelişuvlari va erkin savdo bitimlarini imzolaşga çaqirilgan.
Şu bilan birga, OTIHda deklaratsiyani imzolagan tomonlar, bozorlar oçiqligini saqlab qoliş, proteksionizmga qarşi kuraş sifatida şu kabi çoralarga qöllanilgan moratoriyni 2020 yilga qadar uzaytiriş borasida yakdilligini izhor qilişgan.
Eslatib ötamiz, 19-20 noyabr kunlari Peru poytaxti Lima şahrida Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti bölib ötdi. U «Sifatli ösiş va inson zaxiralari taraqqiyoti» mavzusi negizida taşkil etildi.












