Jahonning birinçi raketkasi britaniyalik Endi Marrey serbiyalik Novak Jokoviçni professional tennisçilar uyuşmasi – ATP’ning Londonda bölib ötgan 2016 yildagi sönggi turnirida mağlub etdi. 

Marrey ikki setda raqibini 6:3, 6:4 hisobida doğda qoldirgan. Bellaşuv 1 soat 43 daqiqa davom etgan. 

Şu bilan britaniyalik tennisçi ATP yakuniy çempionatlaridagi ilk sovrinini qölga kiritgan. Ta'kidlanişiça, mazkur yutuq Marreyning joriy yildagi 9-çi, faoliyatidagi 44-sovrinidir. Serbiyalik Jokoviç esa, yilning yakuniy bahslarida beş marotaba raqiblaridan ustun kelgan. 

Marrey 6 noyabrda jahonning birinçi raketkasiga aylangan edi. Sönggi ğalaba tufayli u yangi yilni reytingning birinçi örnida kutib oladi.