Xitoydagi Daimler AG avtokonsernining yuk avtosi bölimi rahbari Rayner Gertner mamlakat fuqarolariga nisbatan irqçi izohlarni qöllagani uçun egallab turgan lavozimidan çetlatildi. Bu haqida South China Morning Post xabar berdi.
Manbaga köra, ötgan yakşanba Pekindagi turar-joylar yonidagi avtomobillar turargohida Gertner va mahalliy aholi vakili örtasida ziddiyat yuzaga kelgan. Bunga Gertnerning öz avtomobilini boşqa haydovçi maşinasini qöymoqçi bölgan joyga joylaganligi sabab bölgan. Şuningdek Daimler'ning Xitoydagi yuk avtosi bölimi rahbari yiğilganlarni haydaş maqsadida qalampir gazidan foydalanganligi taxmin qilinmoqda.
Ziddiyat paytida Gertner bir yildan buyon Xitoyda yaşaşi va mamlakatga kelib, birinçi anglagani - "barça xitoyliklarning ablah ekanligi"ni aytgan. Mojarodan keyin politsiya vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Gertner va haydovçini idoraga olib ketgan. Şundan söng Daimler'ning Xitoydagi bölimi kompaniya "boşqaruvçini lavozimidan ozod qilgani va yuzaga kelgan vaziyat uçun samimiy uzr söraşi"ga oid bayonot bilan çiqdi.
Bu voqea xitoylik ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining noroziligiga sabab böldi va ular aholini Daimler avtokonserni mahsulotidan voz keçişga çaqirişdi.
Daimler AG — dunyoning eng yirik avtokonsernlaridan biri. U 1883 yilda taşkil etilgan, 1926 yilda kompaniya Daimler-Benz aksionerlik jamiyatiga aylangan. 1998 yilda Amerikaning Chrysler avtomobil korporatsiyasi bilan qöşilişi natijasida DaimlerChrysler AG kompaniyasi sifatida qayd etilgan. 2007 yilda avtomobil giganti yana Daimler nomi bilan yuritila boşlandi.








