Tribuna.Uz Yevropa çempionlar ligasining bugun bölib ötadigan uçraşuvlaridan anons berişni davom ettiradi. Navbatdagi guruh asosan 1 va 2 örinlar uçun kuraş keçayotgan F guruhi.

Turnir jadvali. Ortda qolgan törtta turdan keyin guruhda Dortmundning «Borussiya» yetakçilik qilmoqda. Tuxel şogirdlari hisobida 10 oçko mavjud. «Legiya»da kutilmaganda oçko yöqotgan «Real» esa 8 oçko bilan ikkinçi örinda bormoqda. «Sporting» yagona ğalaba evaziga 3 oçko bilan Yevropa ligasi hududida joylaşgan. «Legiya» uçun esa «Real»dan olingan oçkoning özi final yöllanmasidek gap.

«Sporting» – «Real» Madrid (00:45, Matç! Futbol 1)

Ikki oy muqaddam ikkala jamoa iştirokidagi öyin ssenariysini unça-munça Hollivud filmlarida ham uçratiş amri-mahol. 89-daqiqagaça «Sporting» sensatsion ğalabaga yaqin turgandi. Biroq Ronaldu va qöşib berilgan daqiqalarning sönggi soniyasida Alvaro Morata tomonidan kiritilgan gollar «Real»ga juda muhim uç oçkoni taqdim etgandi. Lissabonda mezbonlar Madriddagi 89 daqiqalik qahramonligini körsata oladimi yöqmi, buni bugungi uçraşuv körsatib beradi. «Sporting»ga ğalabagina keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyatini saqlab qolişiga yordam beradi.

Öyin oldidan. YeÇLdan keyin içki birinçilikda ötkazgan ikki uçraşuvda «Sporting» umumiy hisobda 8:1 natijasi bilan ğalaba qozondi. Jamoa milliy çempionatda «Portu» bilan 2-3 örinlarni bölişib turibdi. «Real» Madrid esa mana 29 uçraşuvdirki mağlubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Sönggi marta Zidan şogirdlarini mağlub etgan jamoa «Volfsburg» edi. Ötgan haftada jamoa Madrid derbisida 3:0 hisobida ğalaba qozondi. Bundan taşqari madridliklar Portugaliya klublariga sönggi yetti uçraşuvda biror marta ham yutqazmagan. Bularning barçasi ustunlik qaysi tomonda bölişini körsatib turibdi.

Yöqotişlar. Zidan bu mavsumda biror marta ham optimal körinişdagi jamoasini maydonga tuşira olmadi. Bugungi uçraşuvda ham yöqotişlar yetarliça: Alvaro Morata, Kazemiro, Pepe va Toni Kroos maydonga tuşa olmasliklari aniq. Serxio Ramos böyiça ham Zidan tavakkal qila olmasa kerak. 

Taxminiy tarkiblar:
Sporting: