Xitoy çegarasi oldidagi voqealardan keyin Myanmaning 3 ming fuqarosiga vaqtinçalik boşpana berdi.

20 noyabrda qurollangan odamlar Xitoy çegarasi yaqinida joylaşgan, Myanmadagi blokpostlarga hujum qilgan. "Sinxua" axborot agentligining ma'lum qilişiça, hujum oqibatida 8 kişi halok bölgan, 29 kişi yaralangan.

China Daily naşri Xitoyning Myanmadagi elçixonasi vakiliga iqtibos keltirgan holda Myanma fuqarolari çegaraoldi şaharlari, jumladan Vandin şahrida joylaştirilganlarini ma'lum qilgan. Jarohatlanganlarga tibbiy yordam körsatilgan.

Blokpostlarga hujumdan keyin Xitoy mudofaa vazirligi Xitoy qurolli kuçlari yuqori darajada tayyor turganlari va Xitoy xavfsizligi va suverenitetini himoyalaş hamda xitoyliklarning xavfsizligini ta'minlaş uçun barça zaruriy çoralarni körişlarini ma'lum qilgan.