GM Uzbekistan AJ tasdiqlangan rejalarga muvofiq "Ravon" brendi ostida sotiluvçi avtomobil model qatorini kengaytirişni davom ettirmoqda.

Asakadagi avtomobilsozlik zavodida MDH davlatlarida sotiş uçun möljallangan Ravon R4 (Sobalt) avtomobillari seriyali işlab çiqarilişi boşlandi. 

Bu maşinalardan birinçi partiyasi Rossiyaga jönatildi.

Kompaniya matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, yaqin rejalarda Ravon R4’ni MDHning boşqa davlatlariga jönatiş rejasi ham bor.

Ravon R4 modeli ekstererning yangi dizayniga ega, tejamkor 1,5 litrli B-DOHC dvigateli va yangi avloddagi avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Model "MP3", "USB", "AUX", "Bluetooth" funksiyalariga ega audiotizim, rul gidrokuçaytirgiçi, asboblar panelida xavfsizlik yostiqçasini yoqiş tugmasi, old örindiqlarni isitiş tizimi hamda elektr oynakötargiçlar bilan ta'minlangan. Maşinaning faol va passiv xavfsizlik tizimi haydovçi va old yölovçiga möljallangan xavfsizlik yostiqçalari, kuçaytirilgan orqa örindiqlar va "ISOFIX" modelidagi bolalar kursisi, antibloklanuvçi tormoz tizimi va kunduzgi yuriş çiroqlaridan iborat.