Bugun mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, kuçli fuqarolik jamiyatini barpo etişda hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan yana bir muhim siyosiy imtihon — Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga jiddiy tayyorgarlik körilmoqda.

Mazkur saylov mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim voqea hisoblanişi bilan ahamiyatlidir. Şuning uçun ham Özbekiston XDP özining X qurultoyida mazkur siyosiy jarayonda partiyaning munosib iştirokini ta'minlaş, ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoya kabi xalq demokratiyasi tamoyillariga amal qilgan holda, Özbekiston tanlagan yölni har tomonlama qöllab-quvvatlaş va amalga oşirilayotgan siyosatni izçillik bilan davom ettiriş, saylovçilarning demokratik ongu tafakkurini oşiriş, fuqarolarning yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlarga, özgariş va yangilanişlarga daxldorlik hissini kuçaytiriş, umuman olganda saylovga puxta tayyorgarlik köriş masalasida muhim vazifalarni belgilab oldi.

Turmuşimiz sifatini körsatadigan muhim omillardan biri, şubhasiz, uy-joy masalasi, kommunal xizmatlarning barça uçun maqbulligidir. Kommunal xizmat körsatişning rivojlangani nafaqat jamiyat madaniyati, maişiy turmuş tarzi darajasini ifoda etadi, balki iqtisodiy salohiyat ösişi va investitsiyalar jalb qiliş uçun ham muhim şart-şaroitlar yaratişga xizmat qiladi. Aynan şuning uçun ham uy-joy va kommunal xöjaligi sohasidagi islohotlar respublikada amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy özgarişlarning uzviy tarkibiy qismi hisoblanadi.

Şularning barçasini hisobga olib, Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga körsatilgan nomzod Xatamjon Ketmonov uy-joy-kommunal sohaga tegişli muammolarni bartaraf etiş bilan boğliq aniq taşabbuslarni ilgari surayapti. 

Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, ötkazilgan tahlillar bu sohadagi islohotlarni yanada çuqurlaştiriş, uy-joy-kommunal sohasini rivojlantirişni yangi bosqiçga kötariş zarurligini körsatmoqda. Şunga asoslanib, Xatamjon Ketmonov öz Saylovoldi dasturida bu masalalar muhim yönalişlardan biri sifatida belgilandi. Kommunal sohada raqobat muhitini yaratiş, körsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxşilaş bilan boğliq bir qator dolzarb masalalar aks ettirildi.
Şunday qilib, Xatamjon Ketmonov saylovoldi dasturida tovar va xizmatlarning ijtimoiy maqbulligi ğoyasi ilgari surilmoqda. Albatta, mamlakatimizda izçil amalga oşirilayotgan manzilli ijtimoiy siyosatning ustuvor yönalişlaridan biri aholi, şu jumladan, uning kam daromadli qatlamlari uçun birlamçi ehtiyoj bölgan tovar va xizmatlarning ijtimoiy maqbulligini ta'minlaşdan iboratdir. Nomzod bu masalada mustaqil taraqqiyot yillarida erişilgan natijalarni yuqori baholaydi va ijtimoiy ahamiyatga molik tovar hamda xizmatlarga narxlarning şakllanişi ustidan davlat nazorati samaradorligini yanada oşiriş tarafdoridir. Kommunal xizmatlarning narxlari, tariflari ösişi esa oylik maoş, pensiya, stipendiyalar hamda ijtimoiy nafaqalarni oşiriş körsatkiçlaridan yuqori bölmasligi zarur, deb hisoblaydi.