Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Şu nuqtai nazardan har bir siyosiy partiya, har bir yurtdoşimiz mamlakat qonunçiligi me'yorlariga muvofiq ravişda saylov kampaniyasida faol iştirok etişi amalga oşirilgan demokratik islohotlar samarasini töla namoyon qilişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni paytda Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Xatamjon Ketmonovning faoliyati hamda uning Saylovoldi dasturida belgilangan asosiy maqsad va vazifalar bilan saylovçilarni taniştiriş maqsadida nomzodning işonçli vakillari tuman va şaharlarda oçiq va erkin muloqot olib bormoqdalar.

Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Xatamjon Ketmonovning Surxondaryo viloyatidagi işonçli vakili Çori Jumağulov viloyatning barça tuman va şaharlaridagi saylovçilar bilan uçraşar ekan, hududning öziga xos xususiyatlaridan kelib çiqib, saylovçilarni öylantirayotgan masalalar yuzasidan  atrofliça fikr almaşdi. Şuningdek, uçraşuvlar davomida nomzodning Saylovoldi dasturi bilan yaqindan tanişgan saylovçilarning mulohazalari, savollari tinglandi.

Baxtiyor Abaşev – Angor politexnika kasb-hunar kolleji direktori örinbosari:

  • Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga körsatilgan nomzod Xatamjon Ketmonovning saylovoldi dasturida ta'lim muassasalari bitiruvçilarining bandligi ta'minlaş masalasiga alohida e'tibor qaratilgani öqituvçi va murabbiy sifatida albatta, e'tiborimdan çetda qolgani yöq. Zero, bugungi öquvçi, talabaning ertaga mana şu mamlakat taraqqiyoti va obod kelajagi uçun munosib hissasini qöşadigan kerakli kadr bölib yetişişini barçamiz birdek yaxşi anglaymiz. Xatamjon Ketmonovning Saylovoldi dasturida közda tutilgan -  oliy va örta maxsus ma'lumotga ega mutaxassislar tayyorlaş yönalişlarini belgilaşda korxona va taşkilotlarning kadrlarga bölgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga oliş tizimini takomillaştiriş, kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarining mustaqil özini özi iş bilan ta'minlaş hamda yakka tartibdagi mehnat va tadbirkorlik faoliyatini rağbatlantiriş uçun maqbul şaroitlar yaratiş maqsadida imtiyozli mikrokreditlar ajratiş amaliyotini kengaytiriş, öz biznesini oçişda belgilangan yiğimlardan, faoliyatini töliq yölga qöygunga qadar soliqlardan ozod qiliş muddatini uzaytiriş kabi masalalar, nafaqat ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan men kabi mutaxassislarni, balki, barçani birdek qiziqişiga va qöllab-quvvatlaşiga sabab böldi.