Kelib çiqişi asli Polşadan bölgan britaniyalik boksçi Kuba Moçik havaskor ringdagi birinçi jangidan söng vafot etdi. U olingan oğir boş miya jarohatlari tufayli hayotdan köz yumgan, deb xabar bermoqda Britaniyaning Mirror gazetasi.
Jang şanba kuni ötkazildi. Bahsning uçinçi raundida Moçikning nomi oşkor etilmayotgan raqibi unga juda kuçli zarba berdi. Şundan söng sportçi qaytib örnidan tura olmagan. Boksçi tezlik bilan kasalxonaga yetkazildi. Şifokorlarning uning hayotini saqlab qoliş uçun qilgan harakatlari samara bermadi. Moçik xuşiga kelmay, vafot etgan.
Naşrning ta'kidlaşiça, 22-yoşli boksçining ölimiga miyaga qon quyilişi sabab bölgan bölişi mumkin.











