Yevropa çempionlar ligasining 5-turidan örin olgan markaziy uçraşuvlardan biri A guruhida bölib ötişi lozim edi. Guruh ğolibini aniqlab beradigan uçraşuvda «Arsenal» «PSJ»ni qabul qildi.
YeÇL guruh bosqiçining eng asosiy jihatlaridan biri bu jamoalarning özaro öyinlardagi natijalarga köra ustunlikni qölga kiritişidir. Parijdagi uçraşuv 1:1 hisobida yakunlangaç, 5-turga qadar bir xil oçko töplagan jamoalar özlari uçun kerakli bölgan natija uçun harakat qilişdi. Oqibatda barçasi parijliklar uçun omadli yakunlandi. Töplar-nisbati körsatkiçi böyiça «Arsenal»ga imkoniyatni boy berayotgan Unai Emeri şogirdlari özlari uçun eng ma'qul minimum durang 2:2 hisobini tabloda aks ettirişga muvaffaq bölişdi. Mehmonda kiritilgan ortiqa gol jamoaning ğolib sifatida guruh bosqiçini yakunlaşiga xizmat qilişi mumkin. Buning uçun jamoa sönggi turda «Ludogorets»ni uyda mağlubiyatga uçratsa kifoya. «Arsenal» esa «Bazel»ni mehmonda mağlubiyatga uçratgan taqdirda ham Parijdagi natijani kutişga majbur böladi.
Yevropa ligasi yöllanmasi uçun kuraşgan ikki autsayder ham durang qayd etişdi. Faqat nursiz durang «Ludogorets» foydasiga işlamoqda. Sönggi turdan keyin hozirgidek ikkala jamoada ham oçkolar teng kelib qolsa bolgariyaliklar Yevropa ligasida kuraşni davom ettirişadi.
Çempionlar ligasi. A guruhi. 5-tur
Arsenal – PSJ – 2:2
Gollar: Kavani, 18 (0:1); Jiru, 45+1 (1:1, pen); Verratti, 60 (2:1, avtogol); Lukas Moura, 77 (2:2).
Ogohlantirişlar: Koklen, 34; Koselni, 53 – Markinos, 31; Verratti, 55.
Ludogorets – Bazel – 0:0
Ogohlantirişlar: Abel, 40; Motsi, 83; Sisino, 90+1 – Alvares Balanta, 8; Jaka, 63; Suxi, 82; Traore, 86.












