Yaponiya poytaxti Tokioda 54 yil içida birinçi marta noyabrda qor yoğdi, deb xabar bermoqda NHK telekanali.
Ma'lum qilinişiça, noyabr qori 24 noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 06.15 da yoğa boşlagan. Bundan taşqari, Yokogama, Kofu, Utsunomiya, Mayebasi va Mito şaharlarida ham qor yoğmoqda.
Ob-havo mutaxassislarining fikriça, 25 noyabr tongigaça Tokioda 2 santimetrlik qor yoğişi mumkin. Bu esa şahardagi transport qatnovining yomonlaşişiga olib kelişi mumkin.












