Turkiyaning Adana şahar hokimiyatining avtomobillar töxtaş joyida terrorçilik harakati sodir etildi. Sönggi ma'lumotlarga köra, 2 kişi hayotidan mahrum bölgan, yana 16 kişi yaralangan. Bu haqda, şahar ma'muriyati rahbari Mahmud Demirtoşga asoslangan holda CNN-Turk telekanali xabar qilmoqda.
Hodisa Mahmet Nuri Sabunju şohköçasidagi hokimiyat binosining avtomobil töxtaş joyida yuz bergan. Terrorçilar portlovçi moslamalar joylangan avtomobilni avvalroq, bu yerga keltirib qöygan. Qurilma ertalabki tiğiz vaqtda, soat 8:05da harakatga keltirilgan.
Buning oqibatida töxtaş joyidagi boşqa avtomobillarga talofat yetgan, bu vaqtda işga kelgan va şu hudud yaqinidan ötayotganlarga zarar yetgan. Hokimiyat binosining oynalari singan.
Şahar hokimi Mahmut Demirtoşning sözlariga köra, portlaş hokimiyat binosiga kiraverişga yaqin joyda sodir etilgan. Uning aytişiça, jinoyatni bir ayol kişi sodir etgani taxmin qilinmoqda. Suriştiruv işlari olib borilmoqda.
















