Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylaştiriş uçun mamlakat poytaxti Toşkent şahrida uning nomidagi maydon barpo etilişi böyiça taşabbuslar bildirilmoqda.
"Birinçi Prezidentimizning Vatanimiz va xalqimiz oldidagi ana şunday tarixiy xizmatlarini doimo yodimizda saqlaş bizning barçamiz uçun ham qarz, ham farz. Bu uluğ zotning xotirasini abadiylaştiriş, jumladan, poytaxtimiz Toşkent şahri markazida ulkan maydon barpo etib, muhtaram Islom Abduğaniyeviçning uluğvor haykalini örnatiş haqida bugungi kunda minglab vatandoşlarimiz, keng jamoatçilik tomonidan köplab murojaat va takliflar kelib tuşmoqda. Işonçim komil, bu takliflarni sizlar ham albatta qöllab-quvvatlaysizlar", degan Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi, 4 dekabr kuni bölib ötadigan Özbekiston prezidenti saylovlarida Liberal-demokratlar partiyasidan nomzod sifatida iştirok etuvçi Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahridagi saylovçilar bilan uçraşuvi vaqtida.

















