Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Şavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toşkent şahri saylovçilari bilan uçraşdi. Nomzodning uçraşuvdagi nutqi töliq holda «Toşkent oqşomi» gazetasida çop etilgan.
Şavkat Mirziyoyev şaharni rivojlantiriş böyiça beş yillik dastur işlab çiqilganini, unda asosiy e'tibor yangi iş örinlari yaratiş hamda transport, uy-joy va biznes infrastrukturasini rivojlantirişga qaratilişini ma'lum qildi.
Xususan, 2017 yilda poytaxtning markaziy tumanlaridan birida 70 gektar maydonga tadbirkor va banklar tomonidan 1 milliard dollar mablağ ajratiladigan «Toşkent Siti» biznes markazi qurilişi boşlanadi.
«Toşkent şahrining eski şahar qismidagi Zarqaynar mahallasi köçalarida dunyoning boşqa köplab mamlakatlaridagi kabi, xususiy tadbirkorlarning faoliyati va milliy me'morçilik namunalari asosida “Eski Toşkent” nomli tarixiy-madaniy va dam oliş markazini taşkil etamiz.
Bu, bir tomondan, şu hududda yaşaydigan aholi uçun öz biznesini taşkil qilişga va yangi iş örinlarini yaratişga imkon beradi. Ikkinçi tomondan, çet ellik mehmonlar orasida bizning an'ana va urf-odatlarimizni tarğib etişga xizmat qiladi.
Uşbu markazdagi obektlarning qurilişi xususiy tadbirkorlar tomonidan Milliy bankning imtiyozli kreditlarini jalb qilgan holda moliyalaştiriladi.
Şuningdek, 2017 yilda biz tadbirkorlar va tijorat banklarining jami 1 milliard dollargaça bölgan mablağlari hisobiga “Öqçi Olmazor” massivida umumiy maydoni 70 gektar bölgan “Toşkent Siti” işbilarmonlik hududini bosqiçma-bosqiç qurilişini boşlaymiz», degan Şavkat Mirziyoyev.

















