Fidel Kastro juma kuni, mahalliy vaqt bilan 22.29 da 90 yoşida vafot etdi, deb ma'lum qildi Raul Kastro davlat televideniyesi orqali.
Rasmiy bayonot berilgaç, AQŞning Mayami şahri köçalarida avtomobil klaksonlari tovuşi yangrab, Kuba bayroğini kötarib olgan kişilar paydo böldi. Şahar köçalarida tirbandlik yuzaga kelgan – maşinalar oynasi orqali musiqa tovuşi eşitilib, köçadagilar huştak çalişdi va bir-birlarini tabriklaşgan. Xursandçilik qilayotgan kişilar tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda paydo böldi.
Kubani Mayami joylaşgan Florida janubidan dengiz böylab 90 mil masofa ajratib turadi.
Ma'lumot uçun, Kubadan birinçi keng qamrovli muhojirlik tölqini 1960 yillarda – Fidel Kastro hukumat tepasiga kelgaç röy bergan. Keyingi bunday holat 1980 yillarda kuzatildi.
Pew tahliliy markazi ma'lumotiga köra, 2014 yilda AQŞga 24,278 Kuba fuqarosi kelgan.
AQŞ va Kuba örtasidagi munosabatlarning iliqlaşuvi 2014 yilning oxirida yuz berdi. 2015 yil 20 iyulda Kubaning Vaşingtondagi elçixonasi oçilgan bölsa, 2016 yil boşida AQŞning Gavanadagi diplomatik vakolatxonasi öz eşiklarini oçdi.











