Özbekiston milliy axborot agentligi bugun Özbekistonda sezilgan zilzilalar haqida xabar tarqatdi.
Agentlikning «Toşkent» seysmologiya markaziga asoslanib xabar berişiça, bugun Özbekistonda ikki marta zilzila kuçi sezildi.
«Bugun, 25 noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:19 hamda 19:25da ikki marta yer silkiniş hodisasi qayd etilgan. Zilzila epimarkazi poytaxtdan 410 km uzoqlikda Xitoy hududida joylaşgan», deyilgan xabarda.
Xabarda şuningdek, Özbekiston hududida zilzila kuçi Toşkentda 3 ballga, Namangan va Andijonda 3-4 ballga, Farğonada esa 4 ballga teng bölgani keltirib ötilgan.
Respublikaning boşqa hududlarida uşbu hodisa sezilmagani va jabrlanganlar hamda talofatlar haqida ma'lumotlar yöqligi aytib ötilgan.












